locale OZ

Abbosbek Fayzullaev “Başakşehir”da tez moslashdi

Klub matbuot kotibi: U o‘zini Turkiyada juda yaxshi his qilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Istanbulning “Başakşehir” klubi matbuot kotibi G‘okhan Yilmaz o‘zbek legioneri Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.

“Abbosbekning jamoaga moslashuvi uchun alohida vaqt talab qilinmadi. U turkiy tilda gaplashadigan millat vakili bo‘lgani uchun Turkiyada o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Bu hafta Konferensiyalar ligasidagi ilk rasmiy o‘yinida maydonga tushdi va allaqachon imkoniyatlarini namoyish etmoqda”, – dedi Yilmaz.

Fayzullaev 7 million yevro evaziga “Başakşehir”ga ko‘chib o‘tdi. Uning o‘tgan mavsumda TsSKA safida 72 o‘yinda 8 gol urib, 22 golli uzatma amalga oshirgani qayd etilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi hozirda 8 million yevroga baholanmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting