Abbos G'ulomov “Navbahor”ni tark etdi
Abbos G'ulomov “Navbahor”ni tark etdi. Bu haqida “Lochinlar” matbuot xizmati xabar berdi.
"Ayni paytda milliy chempionatimizda davom etayotgan yozgi transfer “oynasi”da jamoamiz tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, 28 yoshli mahoratli yarim himoyachi Abbosjon G‘ulomov “Navbahor” safini tark etdi. “Lochinlar” tarkibiga 2025 yilgi mavsumda qo‘shilgan G‘ulomov ortda qolgan 1,5 mavsum davomida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 48 ta o‘yinga maydonga tushib, 15 ta golga mualliflik qilgan holda, 4 ta golga assistentlik qildi.
Bundan tashqari, Abbosjon G‘ulomov o‘tgan mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) tomonidan “Yil kashfiyoti” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Biz jamoamiz safida o‘tkazgan yorqin o‘yinlari uchun Abbosjon G‘ulomovga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad hamda zafarlar tilab qolamiz.
Barchasi uchun rahmat, Abbosjon!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.