Abbos G‘ulomov — endi «Nasaf» futbolchisi»
Namanganning “Navbahor” jamoasini tark etgan futbolchi Abbos G'ulomov Qarshining “Nasaf” klubiga ko'chib o'tdi.
photo: Nasaf fk
Namanganning “Navbahor” jamoasini tark etgan futbolchi Abbos G'ulomov Qarshining “Nasaf” klubiga ko'chib o'tdi. Bu haqida “ajdarlar” matbuoti xabar berdi.
«O‘zining vodiy klublaridagi ishonchli va sermahsul o‘yinlari bilan futbol muxlislari e'tiborini qozongan tajribali yarim himoyachi Abbos G‘ulomov faoliyatini endi "Nasaf" safida davom ettiradi.
Tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar jamoamiz sharafini himoya qiladi. Shuningdek, shartnomani uzaytirish bandi ham bitimdan o‘rin olgan.
"Ajdarlar" oilasiga xush kelibsan, Abbos!»,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor