Abbos Fayzullayev rasman \"Istanbul Basaksehir\"ga o'tdi
Moskva CSKA klubi Abbos Fayzullayevning transferi to'liq yakunlanganini ma'lum qildi. Kelib tushgan mablag' klub hisob raqamiga o'tkazildi va darhol xalqaro transfer sertifikati yuborildi.
CSKA matbuot xizmati direktori Kirill Breydo ushbu kelishuvni o'ziga xos "win-win" deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, jarayonda barcha tomonlar maksimal darajada mas'uliyat va kasbiy yondashuv ko'rsatgan. Ayniqsa, agent German Tkachenkoga alohida minnatdorlik bildirildi.
Endilikda Fayzullayev rasman "Istanbul Basaksehir" safida bahslarda qatnashishi mumkin. Uning debyuti ertaga Konferensiyalar ligasi doirasida ruminiyaliklarning "Universitatea Kraiova" jamoasiga qarshi o'yinda kutilmoqda. Oradan uch kun o'tgach esa Abbos Turkiya Superligasida Husniddin Alikulov jamoasi — "Rizespor"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.