locale OZ

Abbos Fayzullayev: «Bu Jahon chempionatida o‘z imkoniyatimizning eng yuqori darajasini ko‘rsata olmadik»

Fayzullayev JCH haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Fayzullayev: «Bu Jahon chempionatida o‘z imkoniyatimizning eng yuqori darajasini ko‘rsata olmadik»
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionati–2026dagi ishtirok va musobaqadan chiqib ketish haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jahon chempionatida ishtirok etish orzu edi. Natijaga qaramay, orzu ushaldi, deb aytsa bo‘ladimi?

— Ha, Jahon chempionatida o‘ynadik. Lekin buning o‘zi yetarli emas. Men g‘alaba qozonishni xohlayman. Afsuski, bu safar bunga erisha olmadik. Hozir juda charchaganman. Umid qilamanki, keyingi Jahon chempionatiga ham yo‘l olamiz va u yerda g‘alabalarga erishamiz.

Jamoa bundan yaxshiroq o‘ynay olarmidi yoki bu eng yuqori daraja edi?

— Yo‘q, bu bizning maksimumimiz emas. Biz nimalarga qodir ekanligimizni yaxshi bilaman. Biz yaxshi futbol o‘ynay olamiz. Bu chempionatda esa aynan shu jihat bizga yetishmadi, — dedi Fayzullayev Championat muxbiri Andrey Pankovga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati–2026 guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, musobaqani 2:11 to‘plar nisbati bilan yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting