O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev Dubayda Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi. U suhbat davomida Rossiyadagi ilk yutug‘i, terma jamoa oldida turgan mas’uliyat va BAAda yuzaga kelgan muammoli vaziyat haqida fikr bildirdi.
— Rossiyada birinchi sovrinimni qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Bu men uchun muhim bosqich. Endi esa diqqatni to‘liq terma jamoa o‘yiniga qaratamiz. Oldimizda o‘zbek futboli tarixidagi eng muhim uchrashuvlardan biri turibdi. Biz bu vazifani bajarishimiz shart, — dedi Fayzullayev.
— Sharja va Abu-Dabi aeroportlarida muxlislar hamda jurnalistlar ushlab qolinyapti. Bu vaziyat futbolchilarga ham ta’sir qilayaptimi?
— Internetda bu haqda o‘qib xabardor bo‘ldim. Albatta, bu yoqimsiz holat. Lekin bizning vazifamiz — maydonda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish. Boshqa narsalarga chalg‘imasligimiz kerak. Stadionda muxlislarimiz ko‘proq bo‘lsa, bizga motivatsiya bo‘ladi. Ularni mag‘lub etsak, bu raqib uchun ikki barobar alamli bo‘ladi.
— Kubok finalidan so‘ng ham BAAga qarshi o‘yin haqida gapirdingiz. Bu uchrashuv qay darajada qiyin kechishi mumkin?
— Saralashda oson o‘yin yo‘q. Har bir bahsda kurash katta. Lekin o‘yin haqida haddan tashqari ko‘p o‘ylash ham to‘g‘ri emas — bu o‘yinimizga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bizga keragi — vazifani xotirjam va aniq bajarish. Shunda natija bo‘ladi.
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz
Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring!Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!