Abbos Ergashov: O‘ylamanki, jamoa bundanda mazmunli va murabbiylar shtabi talab qilayotgan futbolni ko‘rsata oladi
Sirdaryo viloyati hokim kubogi 1-turidan o‘rin olgan «Guliston» — «Jizzax FA» bahsidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Abbos Ergashov o‘z fikrlarini bildirdi.
«Viloyatda mana shunday turnirlarni o‘tkazilishi foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Ayniqsa, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar uchun zarur hisoblanadi. «Jizzax FA»ga qarshi bahsda futbolchilar yomon harakat qilmadi.
Lekin maydon holati ham o'yinning jarayoniga biroz ta’sir qildi. Shunga qaramay, yigitlar imkoniyatdan kelib chiqib sifatli futbol namoyish etishga harakat qildi. Bu bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Keyingi bahslarda yanada mazmunli va o‘yin sifatini oshirishga e’tibor qaratamiz.
O‘ylamanki, jamoa bundanda mazmunli va murabbiylar shtabi talab qilayotgan futbolni ko‘rsata oladi», — deya Ergashovning so‘zlaridan keltiradi klub matbuot xizmati.