Abbos Ergashov: Biz har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz
O'zbekiston kubogi doirasida Sonyc X jamoasiga qarshi o'yindan keyin Guliston jamoasi bosh murabbiyi Abbos Ergashov fikr bildirdi.
photo: PFL
O'zbekiston kubogi doirasida Sonyc X jamoasiga qarshi o'yindan keyin Guliston jamoasi bosh murabbiyi Abbos Ergashov fikr bildirdi.
"Bugungi bahsga qadar ko‘plab o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Ammo, rasmiy o‘yin bilan ularning farqi katta. Biz har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz.
Shu sababli, futbolchilar maksimal harakat qildi. Jamoamiz hali o‘z o‘yinini to‘liq namoyish etgani yo‘q. O‘ylashimcha, potensialimiz yuqori",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor