locale OZ

Abbos Ergashev: «Yozda asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e'tibor qaratganmiz»

Yig'in borasida jamoa bosh murabbiyi Abbos Ergashev o'z fikrlarini bildirdi.
Abbos Ergashev: «Yozda asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e'tibor qaratganmiz»
Фото: Гулистон ПФК

"Guliston" futbol klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan davom etmoqda. Yig'in doirasida nazorat o'yinlari o'tkazilmoqda. Shuningdek, seleksiya ishlari ham jadallik bilan davom etmoqda va bir nechta o'yinchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Ushbu yig'in borasida jamoa bosh murabbiyi Abbos Ergashev o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi qismini yakunladik. Bu vaqt davomida mashg'ulotlar reja asosida tashkil etildi. Davralar oralig'i uzun bo'lganligi uchun 1-qismda asosan seleksiya va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'ylangan vazifalarni amalga oshirdik.

Tayyorgarlik jarayonida nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. O'tkazilgan nazorat uchrashuvlarida albatta bir qator yangi va yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazdik. Quvonarli tomoni raqiblarimiz oldida aniq maqsad va vazifalar qo'yilgan jamoalar ekanligi, jamoamizga yuqori baho berilayotganidan dalolat. Biz asosan natijaga emas, berilgan jismoniy yuklamalarni o'yinlar orqali futbolchilarga yetkazish va kerakli pozitsiyalarni to'ldirish bo'yicha ish olib bordik. Chunki bizda kubok va uzoq davom etadigan chempionat bahslari kutib turibdi. Shuni ham ta'kidlashim kerakki, biz natija uchun emas, futbolchilarimizni optimal holatda kubok va chempionat o'yinlariga tayyorlash asosiy maqsadimiz edi.

Seleksiya bo'yicha jamoamizda katta o'zgarishlar qilinmadi va aksincha kerakli pozitsiyalarga raqobat qila oladigan futbolchilarni tanlab oldik. O'ylaymanki, bu futbolchilar jamoamiz natijalariga hissa qo'shishadi.

2-davrada ham maqsadlarimiz katta. Bizni bir qator muhim o'yinlar kutib turibdi. Jumladan, O'zbekiston kubogida ham jiddiy raqib bilan to'qnash kelamiz. Xudo xohlasa 1-liga bahslarida final qismlari bo'lib o'tadi. Bu bahslarda albatta g'alaba qozonish va muxlislarimizni xursand qilish uchun mehnat qilishda davom etamiz", — dedi Ergashev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting