locale OZ

Abbos Ergashev: «Surxon» bilan bahsda ham ijobiy natija uchun harakat qilamiz»

O‘zbekiston kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlandi. Unda «Guliston» futbol klubi mehmonda «Surxon»ga qarshi bellashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Ergashev: «Surxon» bilan bahsda ham ijobiy natija uchun harakat qilamiz»
photo: Guliston FK

O‘zbekiston kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlandi. Unda «Guliston» futbol klubi mehmonda «Surxon»ga qarshi bellashadi.

Xabaringiz bor, jamoamiz garchi birinchi ligada ishtirok etishiga qaramay, o‘z guruhida «Neftchi»dan keyin 2-pog‘onani egallab, keyingi bosqichga chiqdi. Endilikda «Surxon» bilan o‘zaro hisob-kitob qiladi.

Qur’a tashlash marosimidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Abbos Ergashev «Surxon» bilan bahs va birinchi ligada oldinda turgan ikki bahs haqida fikr bildirdi.

«O‘zbekiston kubogi bahslari juda shiddatli o‘tmoqda. Kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Avval ham aytganimdek, biz har bir bahsda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Chunki bu biz uchun katta sinov va tajriba hisoblanadi. «Surxon» bilan bilan ham ijobiy natijaga qarab, harakat qilamiz. Bu bahsga qadar vaqt bor. Albatta, raqibni ham o‘rganishda davom etamiz.

Hozirda birinchi ligada yana 2 ta o‘yinni o‘tkazib olishimiz kerak. Bu o‘yinlardagi natijalar jamoamizning natijalari uchun muhim hisoblanadi. Klubimiz rahbariyati O‘zbekiston kubogi va 1-liga o‘yinlarida g‘alaba qozonishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Faqat biz o‘sha maqsadlar sari harakat qilsak bo‘ldi», — dedi Ergashev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting