locale OZ

Abbos Ergashev: «O’ylaymanki, sifatli futbol namoyish etdik»

«Guliston» turnir jadvalida peshqadam.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Ergashev: «O’ylaymanki, sifatli futbol namoyish etdik»
Фото: Гулистон ПФК

Birinchi liga 4-turidan o‘rin olgan «Guliston» - «Respublika FJ» (4:1) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Abbos Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘tgan turda Toshkentda «Lokomotiv-BFK»ga qarshi o‘ynadik va 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Sun’iy qoplamali maydonda o‘ynaganimizga qaramay, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va o‘zimizga kerakli bo‘lgan natijani qayd etdik. «Respublika FJ»ga qarshi bahsga ham yuqori kayfiyat va yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘zlaringiz guvohi bo‘lganingizdek, sifatli futbol namoyish etdik.

Avval aytganimdek, «Respublika FJ»ga yaxshi bollar to‘planishgan. Ularda katta va kuchli seleksiya ishlari olib boriladi va Respubilkaning eng iqtidorli yoshlari bor. Bu bahsda o‘ylagan barcha rejalarimizni amalga oshira oldik. Yakunda esa natija ham shunga yarasha bo‘ldi. O‘ylaymanki, stadionga kelgan muxlislarimiz jamoamizning o‘yinidan mamnun holda uylariga qaytishdi.

Oldindi bizni «Bunyodkor-2»ga bahs kutmoqda. Keyin O‘zbekiston kubogidagi ilk yurishimiz Farg‘onada «Neftchi»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu bellashuvlarda ham ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz», — dedi Ergashev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting