Abbos Ergashev: «O‘yinda ayrim futbolchilar vaziyatlarda raqibga nisbatan sustroq harakat qilishdi»
«Guliston» turnir jadvalida yakka peshqadam.
Фото: Гулистон ПФК
Birinchi liga 5-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor-2» — «Guliston» o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Abbos Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bugungi o‘yinda stadionga tashrif buyurgan mulislarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinda ayrim futbolchilar vaziyatlarda raqibga nisbatan sustroq harakat qilishdi.
Jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilganligini hisobga olsak, futbolchilar ham o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Xudo xohlasa albatta jamoani rivojlantirish yo‘lida barcha mehnat qilmoqda va o‘ylagan maqsadlarimizga erishamiz», — dedi Ergashev.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist