locale OZ

Abbos Ergashev: «Kubokning guruh bosqichida ham munosib o‘ynab jamoa muxlislarini bugungidek xurasand qilmoqchimiz»

«Azur» bilan o‘yindan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Abbos Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Ergashev: «Kubokning guruh bosqichida ham munosib o‘ynab jamoa muxlislarini bugungidek xurasand qilmoqchimiz»
photo: Guliston FK

«Azur» bilan o‘yindan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Abbos Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.

«Jamoamiz bugun o‘z o‘yinini nisbatan ko‘rsata oldi. Ammo, vaziyatlarni yakunlashda muammolar bo‘ldi. Lekin o‘yin tomonlama yaxshi o‘ynadik deb o‘ylayman.

Biz raqibni o‘rganib chiqish davomida ular juda zich himoyalanishiga guvoh bo‘lgan edik. Bugun ushbu himoyani uzun va o‘rta paslar bilan yorib o‘tishga harakat qildik. Bu ba’zida o‘xshadi, ba’zida o‘xshamadi.

O‘zbekiston kubogi musobaqasining hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldik. Bu orqali Sirdaryo viloyatiga katta futbolni qaytarmoqdamiz. Bundan juda xursandmiz. Nasib etsa, ushbu musobaqada ham munosib o‘ynab jamoa muxlislarini bugungidek xursand qilmoqchimiz», — dedi Ergashev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting