locale OZ

Abbos Ergashev: «Jamoamiz bilan mana shunday ajoyib tarix yaratganimizdan juda xursandman»

«Guliston» ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Ergashev: «Jamoamiz bilan mana shunday ajoyib tarix yaratganimizdan juda xursandman»
Фото: Гулистон ПФК

«Surxon»ga qarshi bellashuvdan so’ng «Guliston» bosh murabbiyi Abbos Ergashev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Sababi, Surxon jamoasi so‘nggi vaqtlarda Superligada ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoaning so‘nggi turlarda hatto Paxtakor maydonidan bir ochko bilan qaytgani ham yuqoridagi fikrimga isbot bo‘la oladi.

Termizliklar tarkibida ham taktik, ham texnik jihatdan juda kuchli futbolchilar o‘ynashmoqda. Surxon hamisha chiroyli va tomoshabop futbol namoyish etishga intiladigan jamoa. Biz raqibni yaxshi o‘rganib chiqdik. Garchi Birinchi liga jamoasi bo‘lsak-da, o‘zimizning ustun tomonlarimizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qildik va yakunda Birinchi liga klublari tarixida birinchi bo‘lib O‘zbekiston kubogining chorakfinaliga chiqqan jamoaga aylandik. Jamoamiz bilan mana shunday ajoyib tarix yaratganimizdan juda xursandman.

Ushbu g‘alaba bilan butun Sirdaryo xalqini tabriklayman. Mazkur g‘alabamizni Mustaqilligimizning 35 yilligi sharafiga muxlislarimizga sovg‘a sifatida bag‘ishladik.

Shuningdek, ushbu g‘alaba bilan viloyatimiz va klubimiz rahbarlarini ham muborakbod etaman. Ular maydon tashqarisida katta ishlarni amalga oshirishmoqda. Bu g‘alabalarimizda ularning ham hissasi katta. Nasib etsa, ushbu rahbariyatimiz bilan birgalikda rivojlanishda davom etamiz»,
dedi Ergashev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting