locale OZ

Abbos Ergashev — «Guliston» bosh murabbiyi

Mutaxassis oldiga klubni Proligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Ergashev — «Guliston» bosh murabbiyi
Фото: Гулистон ПФК

Abbos Ergashev Sirdaryoning «Guliston» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Guliston» futbol klubi rahbariyatining qaroriga ko'ra, Abbos Ergashev bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Bu mutaxassis yangi mavsumda jamoani boshqaradi. Uning oldiga «Guliston»ni Proligaga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.

Ergashov bunga qadar «Zomin» va «Yangiyer-Quruvchi» jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan, yoshlardagi yuqori natijalarga erishgan. O'zbekiston U-20, o'smirlar jamoalari uchun ko'plab futbolchilarni yetishtirib bergan.

Shuningdek, FIFAning nufuzli Instruktorlar kursini tamomlagan va O'FA instruktori sifatida mutaxassislarga ta'lim berib kelayotgan edi.

Bosh murabbiyga yangi mavsumda jamoa bilan muvaffaqiyat qozonish, sirdaryolik futbol ishqibozlarini unutilmas g'alabalar bilan xushnud etishi yo'lida omad tilab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting