locale OZ

A Seriyaning ikki klubi «Liverpul»dan Federiko Kyeza boʻyicha maʼlumot soʻradi

Italiyalik hujumchi mersisaydliklar safida qolishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriyaning ikki klubi «Liverpul»dan Federiko Kyeza boʻyicha maʼlumot soʻradi
FOTO: Getty Images

Italiya chempionatining ikki klubi «Liverpul» hujumchisi Federiko Kyeza haqida ma’lumot so‘ragan. Hozirgi kunda 28 yoshli futbolchi o‘z kelajagi bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, vingyer «Liverpul»da qolishni istaydi, ammo Mersisayd klubida u yetarli o‘yin amaliyoti olishga muvaffaq bo‘lmayapti. Oldinroq «Roma» va «Napoli» ham italiyalik hujumchiga qiziqish bildirgan edi.

Joriy mavsumda Kyeza barcha turnirlarda 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirgan. Umumiy hisobda futbolchi 392 daqiqa maydonda harakat qilgan. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting