A Seriyaning ikki klubi koreyalik futbolchiga qiziqmoqda
Har ikki klub ham yanvar oyidayoq “Napoli”ning sobiq futbolchisi uchun kurashishga tayyor.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” markaziy himoyachisi Kim Min Je A Seriyaga qaytishi mumkin. Bu haqda La Gazette dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Milan” va “Yuventus” jamoalari 28 yoshli janubiy koreyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Har ikki klub ham yanvar oyidayoq “Napoli”ning sobiq futbolchisi uchun kurashishga tayyor.
Ayni vaqtda “Yuventus” qaytadan jarohat olgan Gleyson Bremerga o‘rinbosar izlamoqda. Milanliklar esa yozda koreyalik futbolchi bo‘yicha taklif yuborgandi. Biroq tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshmagandi.
Biroq A Seriya klublari futbolchining yuqori maoshi sabab transferni amalga oshirishda muammoga duch kelishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist