locale OZ

A Seriyada transfer qiymati keskin oshgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Jovanni Leoni Italiya chempionatida eng ko‘p qiymat oshirgan o‘yinchi bo‘ldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Transfermarkt portali Italiya A Seriyasi futbolchilari uchun yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi. Eng katta o‘sishni qayd etgan futbolchi — “Parma” klubi himoyachisi, 18 yoshli Jovanni Leoni bo‘ldi. Uning bozor qiymati €18 millionga yetdi va €12 millionga oshdi.

Serie Aning eng ko‘p qiymat oshirgan futbolchilari ro‘yxati quyidagicha:
1. Jovanni Leoni (“Parma”) — €18 mln (+ €12 mln)
2. Tejani Reynders (“Milan”) — €60 mln (+ €10 mln)
3. Moyze Kin (“Fiorentina”) — €50 mln (+ €10 mln)
4. Skott Maktominay (“Napoli”) — €50 mln (+ €10 mln)
5. Dan Ndoi (“Bolonya”) — €35 mln (+ €10 mln)
6. Matias Soule (“Roma”) — €30 mln (+ €8 mln)
7. Mile Svilar (“Roma”) — €25 mln (+ €8 mln)
8. Denzel Dumfris (“Inter”) — €35 mln (+ €7 mln)
9. Renatu Veiga (“Juventus”) — €25 mln (+ €7 mln)
10. Dzion Sudzuki (“Parma”) — €20 mln (+ €6 mln)

E’tibor qilish lozimki, ushbu baholar 2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga asoslangan bo‘lib, transfer oynasi ochilishidan avvalgi holatni aks ettiradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting