locale OZ

A Seriya. «Yuventus» Yildizning dubliga ko‘ra uch ochkoga ega bo‘ldi

Spaletti boshqaruvida jamoa yaxshi natijalar qayd etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Yuventus» Yildizning dubliga ko‘ra uch ochkoga ega bo‘ldi
ФОТО: Getty images

A Seriya 13-turida "Yuventus" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda Sebastiano Esposito 26-daqiqada gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Turinliklar safida bu g‘alabaga Kenan Yildiz ikki bor javob qaytardi – 27 va 45+1-daqiqalarda.

Natijada "Yuventus" ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 7-o‘ringa joylashdi. "Kalyari" esa 11 ochko bilan 14-o‘rinda.

A Seriya. 13-tur

Yuventus - Kalyari - 2:1

Gollar: Esposito, 26 (0:1). Kenan Yildiz, 27 (1:1). Kenan Yildiz, 45+1 (2:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting