A Seriya. «Yuventus» «Parma»ni tor-mor etdi
Turinliklar 5-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
A Seriya. “Yuventus” “Parma”ni tor-mor etdi
"Yuventus" Italiya chempionatining 23-turida safarda "Parma"ni mag‘lub etdi – 4:1.
Mehmonlar safida gollarga Bremer (dubl), Ueston Makkenni va Jonatan Devid mualliflik qildi. Andrea Kambyaso ("Yuventus") to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
Natijada "Yuventus" 23 o‘yindan so‘ng 45 ochko to‘plab, Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. "Parma" esa 23 o‘yinda 23 ochko jamg‘arib, 16-o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 23-tur
Parma — Yuventus 1:4
Gollar: Kambyaso (51, avtogol) — Bremer (15, 54), Makkenni (37), Devid (64).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist