locale OZ

A Seriya. «Roma» safarda «Komo»ga yutqazib qoʻydi

Rimliklar yarim soat davomida bir kishi kam boʻlib harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Roma» safarda «Komo»ga yutqazib qoʻydi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 29-turidan o‘rin olgan «Komo» va «Roma» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. «Juzeppe Sinigalya» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Doniell Malen 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida «Komo» hujumchisi Anastasios Duvikas muvozanatni tikladi. 64-daqiqada Rim klubi a’zosi Uesli Fransa qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Orada ko‘p o‘tmay, 79-daqiqada himoyachi Diego Karlos mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi va ushbu gol o‘yinda hal qiluvchi vazifani bajardi.

Italiya chempionatining 29-turidan so‘ng «Roma» 51 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda. «Komo» esa 54 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasini egallab turibdi.

A Seriya. 29-tur

«Komo» — «Roma» 2:1

Gollar: Duvikas (59), Karlos (79) — Malen (7).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting