locale OZ

A Seriya. «Roma» o‘z uyida «Pisa»ni tor-mor keltirdi

Malen het-trikka erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Roma» o‘z uyida «Pisa»ni tor-mor keltirdi
ФОТО: Getty images

Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Roma” o‘z maydonida “Pisa”ni yirik — 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Rimliklar safida Doniyell Malen het-trik qayd etdi. Niderlandiyalik futbolchi 3, 43 va 52-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, “Roma” (57 ochko) A Seriya jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. “Pisa” (18 ochko) esa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalining eng so‘nggi pog‘onasida qolmoqda.

Italiya A Seriya. 32-tur
“Roma” — “Pisa” — 3:0
Gollar: Doniyell Malen 3 (1:0), Doniyell Malen 43 (2:0), Doniyell Malen 52 (3:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting