locale OZ

A Seriya. «Roma» mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Roma» mavsumni g‘alaba bilan boshladi
Фото: Getty Images

Italiya chempionatining 1-turida “Roma” klubi Rimda “Bolonya”ni qabul qildi.

Bellashuv 1:0 hisobida “bo‘rilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 53-daqiqada Uesli Fransa hisobiga yozildi.

Shu tariqa, “Roma” Jan-Pyero Gasperini qo‘l ostida mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Rim klubi kelasi turda safarda “Piza”ga qarshi o‘ynaydi. “Bolonya” esa uyda “Komo”ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Roma” A Seriyada 5-o‘rinni egallagan edi. “Bolonya” esa Italiya kubogi sohibiga aylangandi.

A Seriya. 1-tur
«Roma» 1:0 «Bolonya»
Gol: Uesli Fransa 53.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting