A Seriya. «Piza» mavsumdagi ilk gʻalabasiga erishdi
Natijada Jilardino jamoasi ochkolarini 9 taga yetkazib, 16-oʻringa koʻtarildi.
ФОТО: Getty images
Italiya chempionatining 11-turiga start berildi.
Liga debyutanti “Piza” oʻz uyida “Kremoneze”ni qabul qilib, 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Bu esa jamoaning joriy mavsumdagi ilk muvaffaqiyatiga sabab boʻldi.
Natijada Jilardino jamoasi ochkolarini 9 taga yetkazib, 16-oʻringa koʻtarildi. “Kremoneze” 14 ochko bilan hozircha 10-pogʻonada.
A Seriya. 11-tur
“Piza” — “Kremoneze” 1:0
Gol: Ture (75).
Piza — Shemper, Karachchiolo, Kanestrelli, Kalabrezi, Ture, Ebisher, Akinsanmuro (Piccinini, 68), Kuadrado (Leris, 46), Vural (Marin, 67), Moreo (Tramoni, 67), Nzola (Meyster, 90+1).
Kremoneze — Audero, Terrachanо (Yonsen, 90+1), Bashirotto, Byanketti, Barberi, Pajero (Sarmiento, 77), Bondo, Vandepuт, Faye (Floriani, 77), Vaskes (Bonazzoli, 77), Vardi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist