locale OZ

A Seriya. «Napoli» Lukakuning soʻnggi daqiqalarda urgan goli evaziga «Verona»ni magʻlub etdi

Italiya chempionatining 27-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Napoli» Lukakuning soʻnggi daqiqalarda urgan goli evaziga «Verona»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 27-turidan o‘rin olgan «Verona» hamda «Napoli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. «Markantonio Bentegodi» stadionida kechgan bahsda neapolliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Rasmus Hoylund mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida Jan-Daniel Akpa Akpro muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada Romelu Lukaku «Napoli»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Ushbu natijadan so‘ng «Verona» 15 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalining so‘nggi, ya’ni 20-pog‘onasida qolmoqda. «Napoli» esa o‘z ochkolari sonini 53 taga yetkazib, jadvalning uchinchi pog‘onasini band etib turibdi.

Navbatdagi tur doirasida «Verona» 8 mart kuni safarda «Bolonya» bilan kuch sinashadi. «Napoli» esa 6 mart kuni o‘z maydonida «Torino» jamoasini qabul qiladi.

A Seriya. 27-tur

«Verona» — «Napoli» 1:2

Gollar: Akpro (64) — Hoylund (2), Lukaku (90+6).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting