locale OZ

A Seriya. «Milan» safarda «Verona»ni minimal hisobda magʻlub etdi

«Rossonerilar» ushbu gʻalaba orqali turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» safarda «Verona»ni minimal hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 33-turi doirasida «Verona» hamda «Milan» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Veronadagi «Markantonio Bentegodi» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golga Adrien Rabio mualliflik qildi. «Rossonerilar» yarimhimoyachisi birinchi bo‘lim yakunida, ya’ni 41-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu natijadan so‘ng «Verona» Italiya chempionati turnir jadvalida 33 o‘yindan keyin 18 ochko bilan oxiridan bitta oldingi — 19-o‘rinni egallab turibdi. «Milan» esa 66 ochko bilan ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Ligada 78 ochko to‘plagan «Inter» hamon peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting