A Seriya. «Milan» safarda «Torino»dan ustun kelib, peshqadamga aylandi
"Rossonerilar" safida Kristian Pulishich dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
Italiya A Seriyasi 14-turining so‘nggi to‘qnashuvida "Milan" safarda "Torino" bilan kuch sinashib, kambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Nikola Vlashich va Duvan Sapata o‘yinning boshida hisobni ochib, turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 24-daqiqada esa Adrien Rabiot uzoq masofadan super gol urib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvning 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Kristian Pulishich hisobni tenglashtirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa amerikalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi va milanliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Bu g‘alabadan so‘ng “Milan” turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
A Seriya. 14-tur
Torino — Milan 2:3
Gollar: Vlashich 10 pen, Sapata 17 – Rabiot 24, Pulishich 67, 77
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist