locale OZ

A Seriya. «Milan» safarda «Kalyari»ni magʻlub etib, peshqadamga aylandi

Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» safarda «Kalyari»ni magʻlub etib, peshqadamga aylandi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasi 18-turidan o‘rin olgan «Kalyari» – «Milan» uchrashuvi yakunlandi. O‘yin «Milan»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol 50-daqiqada kiritildi. Milanliklar safida Rafael Leau raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mazkur bahsdan so‘ng «Kalyari» 18 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog‘onasida, «Milan» esa 38 ochko jamg‘arib, A Seriya jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi.

Keyingi turda «Kalyari» 8 yanvar kuni safarda «Kremoneze»ga qarshi maydonga tushadi. «Milan» esa shu kuni o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qiladi.

A Seriya. 18-tur

«Kalyari» — «Milan» 0:1

Gol: Leau (50).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting