locale OZ

A Seriya. «Milan» o‘z uyida «Sassuolo» bilan jangovar durang qayd etdi

Uchrashuvda jami 4 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» o‘z uyida «Sassuolo» bilan jangovar durang qayd etdi
ФОТО: Getty images

"Milan" o‘z maydonida A Seriya 15-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi bahs olib bordi - 2:2.

Mezbonlar safida 19 yoshli himoyachi Davide Bartezagi (34 va 47-daqiqalar) dubl qayd etgan bo‘lsa, mehmonlar safida yarim himoyachilar Ismoil Kone (13) va Arman Loriente (77) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

"Milan" 32 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Sassuolo" 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 15-tur

Milan - Sassuolo - 2:2

Gollar: Kone, 13 (0:1). Bartezagi, 34 (1:1). Bartezagi, 47 (2:1). Loriente, 77 (2:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting