locale OZ

A Seriya. «Milan» o'z maydonida «Parma»ga yutqazib qoʻydi

Sensatsion magʻlubiyatdan soʻng «Inter» bilan oradagi farq 10 ochkoga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» o'z maydonida «Parma»ga yutqazib qoʻydi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 26-turi doirasida o‘tgan «Milan» va «Parma» jamoalari o‘rtasidagi bahs kutilmagan natija bilan yakunlandi. «San-Siro»da mezbonlik qilgan bahsda mehmonlar minimal hisobda gʻalaba qozondi.

«Rossoneri» uchun o‘yin omadsiz boshlandi: uchrashuvning 11-daqiqasida yarimhimoyachi Ruben Loftus-Chik raqib darvozaboni Edoardo Korvi bilan to‘qnashib ketib, jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bahsdagi yagona gol 80-daqiqada urildi — «Parma» himoyachisi Mariano Troylo aniq zarbasi bilan mehmonlarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Milan» 54 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda qolmoqda, biroq peshqadam «Inter» bilan oradagi farq 10 ochkoga yetdi. «Parma» esa ochkolarini 32 taga yetkazib, 12-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Maʼlumot uchun, «Milan» oʻzining navbatdagi oʻyinini 1 mart kuni safarda «Kremoneze»ga qarshi oʻtkazadi. «Parma» esa undan ikki kun avval o‘z maydonida «Kalyari»ni qabul qiladi.

A Seriya. 26-tur

«Milan» — «Parma» 0:1

Gol: Troylo (80).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting