locale OZ

A Seriya. «Milan» mehmonda «Sassuolo»ga yutqazib qo‘ydi

Allegri jamoasi 3-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» mehmonda «Sassuolo»ga yutqazib qo‘ydi
ФОТО: Getty images

“Milan” klubi Italiya A Seriyasining 35-turi doirasida safarda “Sassuolo” mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab 5-daqiqada Domeniko Berardi hisobni ochdi. 47-daqiqada esa Arman Lorente “Sassuolo”ning ikkinchi golini urdi.

Mehmonlar o‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi — 24-daqiqada Fikayo Tomori ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Bu natijadan so‘ng “Milan” 67 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qolmoqda. “Sassuolo” esa 49 ochko to‘plab, jadvalning to‘qqizinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.

A Seriya. 35-tur
Sassuolo — Milan 2:0
Gollar: Berardi (5), Lorente (47).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting