locale OZ

A Seriya. Milan Leauning goli evaziga Lazio ustidan zafar quchdi

Bellashuvdagi gʻalaba golini Rafael Leau 53-daqiqada kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. Milan Leauning goli evaziga Lazio ustidan zafar quchdi
ФОТО: Getty images

Italiya A Seriyasining 13-turida Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Milan" oʻz maydonida "Lazio"ni qabul qilib, minimal 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va vaqtincha peshqadamlikka chiqib oldi.

Bellashuvdagi gʻalaba golini Rafael Leau 53-daqiqada kiritdi.

"Milan" ushbu gʻalaba orqali ochkolar sonini 28 taga yetkazib, 1-oʻringa chiqib oldi. 2-oʻrindagi "Roma"dan 1 ochko oldinda, biroq rimliklar bu turdagi oʻz uchrashuvini bugun "Napoli"ga qarshi oʻtkazadi.

Bu toʻqnashuv esa soat 00:45’da start oladi. "Lazio" esa bugungi bahsdan soʻng 18 ochko bilan 8-oʻrinda qoldi.

A Seriya. 13-tur

Milan - Lazio - 1:0

Gol: Leau, 51 (1:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting