A Seriya. «Milan» kutilmaganda «Udineze»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi
Hozirda «San-Siro» egalari turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
FOTO: Getty Images
Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida «Milan» va «Udineze» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «San-Siro» stadionida kechgan bahsda mehmonlar 3:0 hisobidagi kutilmagan g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yinning 26-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Davide Bartezagi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 37-daqiqada yarimhimoyachi Yurgen Ekkelenkamp «Udineze»ning ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida esa Artyur Atta hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Ayni damda «Udineze» 32 ta o‘yindan so‘ng 43 ochko jamlagan holda turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. «Milan» esa 63 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist