locale OZ

A Seriya. «Milan» «Jenoa»ga qarshi oʻyinda 90+2-daqiqadagi gol evaziga magʻlubiyatdan qutulib qoldi

Genuyaliklar uchrashuv soʻnggida penaltidan foydalana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» «Jenoa»ga qarshi oʻyinda 90+2-daqiqadagi gol evaziga magʻlubiyatdan qutulib qoldi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasi 19-turi doirasida «Milan» va «Jenoa» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 28-daqiqada «Jenoa» hujumchisi Lorenso Kolombo tomonidan ochildi. Golga yarimhimoyachi Ruslan Malinovskiy assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘limda, 58-daqiqada, mezbonlar hujumchisi Kristian Pulishich gol urdi, biroq u bekor qilindi. Uchrashuv yakuniga yaqin, 90+2-daqiqada, Rafael Leau hisobni tenglashtirdi.

90+9-daqiqada esa Nikolaye Stanchu mehmonlarni oldinga olib chiqishi mumkin edi, biroq u penaltidan unumli foydalana olmadi.

Maʼlumot uchun, «Jenoa» 19 o‘yindan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. «Milan» esa 39 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan. Turnir jadvalida 42 ochko bilan «Inter» yetakchilik qilmoqda.

A Seriya. 19-tur

«Milan» — «Jenoa» 1:1

Gollar: Leau (90+2) — Kolombo (28).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting