locale OZ

A Seriya. «Milan» derbida «Inter»ni magʻlub etdi va oradagi farqni qisqartirdi

Italiya chempionatida 28-turning markaziy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Milan» derbida «Inter»ni magʻlub etdi va oradagi farqni qisqartirdi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 28-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Milan» o‘z maydonida «Inter»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida kechgan murosasiz bellashuv «rossonerilar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Daniele Doveri boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Uchrashuvning 35-daqiqasida «Milan» himoyachisi Pervis Estupinyan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alaba evaziga «Milan» o‘z ochkolari sonini 60 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashdi. Mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, 67 ochko bilan «Inter» hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda, biroq jamoalar o‘rtasidagi farq endi 7 ochkoni tashkil etadi.

A Seriya. 28-tur

«Milan» — «Inter» 1:0

Gol: Estupinyan (35).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting