locale OZ

A Seriya. «Latsio» Rimda, «Jenoa» safarda g‘alaba qozondi

Italiyada 10-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. "Latsio" Rimda, "Jenoa" safarda g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

“Latsio” klubi Italiya chempionatining 10-turida Rimda “Kalyari”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Isaksen va Zakkani tomonidan kiritildi.

Bosh murabbiyisiz qolgan “Jenoa” esa safarda “Sassuolo”dan ustun keldi. Malinovskiy va Ostigard genoyaliklar libosida gollarga mualliflik qildi. “Sassuolo” yetakchisi Berardi ham mezbonlar safida o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

A Seriya. 10-tur.
Latsio — Kalyari 2:0
Gollar: Isaksen (66), Zakkani (90+1).

Sassuolo — Jenoa 1:2
Gollar: Berardi (47) — Malinovskiy (18), Ostigard (90+3).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting