locale OZ

A Seriya. «Komo» Turinda 5 ta gol urib, 6-o‘ringa ko‘tarildi

Fabregas jamoasi turnir jadvalida yetakchilarga yaqinlashmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Komo» Turinda 5 ta gol urib, 6-o‘ringa ko‘tarildi
ФОТО: Getty images

Italiya chempionatining 12-turida “Como” safarda “Torino”ga qarshi maydonga tushdi.

Turinda kechgan bellashuvda Sesk Fabregas shogirdlari 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Addai dubl, Ramon, Pas va Baturina bittadan gol urdi. Vlashich mezbonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Como” ochkolari sonini 21 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Torino” esa 14 ochkosi bilan 12-pog‘onada joylashgan.

A Seriya. 12-tur
Torino — Como 1:5
Gollar: Vlashich (45+2, penalti) — Addai (36, 52), Ramon (71), Pas (76), Baturina (86).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting