locale OZ

A Seriya. «Komo» «Roma» ustidan iroda bilan g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa qaytdi

Fabregas jamoasi 6 o‘yinda g‘alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Komo» «Roma» ustidan iroda bilan g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa qaytdi
ФОТО: Getty images

"Como" o‘z maydonida Italiya chempionatining 29-turi doirasida "Roma"ni mag‘lub etdi — 2:1.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Doniyell Malen penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi: 59-daqiqada Anastasios Duvikas, 79-daqiqada esa Diego Karlos o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Natijada "Como" 54 ochko bilan A Seriyada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Roma" (51 ochko) esa turnir jadvalida oltinchi pog‘onaga tushib ketdi.

Italiya A Seriya. 29-tur
"Como" — "Roma" — 2:1
Gollar: Doniyell Malen 7-pen (0:1), Anastasios Duvikas 59 (1:1), Diego Karlos 79 (2:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting