locale OZ

A Seriya. «Inter» «Parma»ni magʻlub etib, muddatidan avval Italiya chempioniga aylandi

Milanliklar 35 oʻyindan soʻng 82 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Inter» «Parma»ni magʻlub etib, muddatidan avval Italiya chempioniga aylandi
FOTO: Getty Images

Italiya Seriya A ligasining 35-turidan o‘rin olgan «Inter» va «Parma» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Milandagi «Juzeppe Meattsa» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni bosh hakam Kevin Bonachina boshqarib bordi. O‘yin maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+1-daqiqa) mezbonlar hujumchisi Markus Tyuram ochdi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida esa yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan «neradzurrilari»ning ikkinchi golini muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alaba evaziga «Inter» muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Milanliklar 35 o‘yindan so‘ng 82 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Napoli» bilan oradagi farq 12 ochkoni tashkil etadi. Mag‘lubiyatga uchragan «Parma» esa 42 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting