locale OZ

A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Udineze»ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Inter» o‘z maydonida «Udineze»ga mag‘lub bo‘ldi
Фото: Getty Images

Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Inter" o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qildi.

Uchrashuv kutilmaganda 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Garchi mezbonlar Dyumfrisning 17-daqiqada kiritgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo keyinchalik mehmonlar ikki bor gol urib, g‘alabani ilib ketishdi.

Dastlabki ikki turda uch ochko jamg‘argan "Inter" A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. "Udineze" esa 4 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan.

A Seriya. 2-tur
"Inter" - "Udineze" 1:2
Gollar: Dyumfris (17) - Davis (29 pen), Atta (40).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting