A Seriya. «Inter» oʻz maydonida «Fiorentina» bilan durang oʻynadi
Italiya Seriya A ligasining 30-turi doirasida «Fiorentina» hamda «Inter» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Florensiyadagi «Artemio Franki» stadionida kechgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishdi.
Uchrashuvdagi dastlabki gol o‘yinning ilk daqiqasidayoq kiritildi — «neradzurrilar» hujumchisi Franchesko Espozito tezkor gol muallifiga aylandi. Biroq ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Sher Ndur muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi va jamoasiga muhim ochkoni taqdim etdi.
Qayd etish joizki, Kristian Kivu shogirdlari ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotishdi. «Inter» bundan avvalgi turlarda «Milan»ga imkoniyatni boy bergan (0:1) va «Atalanta» bilan durang (1:1) o‘ynagan edi.
Ushbu natijadan so‘ng «Fiorentina» 29 ochko bilan turnir jadvalining 16-pog‘onasidan joy olgan. «Inter» esa 69 ochko bilan hamon Italiya chempionati peshqadami bo‘lib turibdi.