A Seriya. «Inter» kambek qildi: «Komo» 0:2 dan so‘ng 4:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Italiya A seriyasi 32-turidan o‘rin olgan bahsda “Komo” va “Inter” jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin mehmonlar foydasiga 4:3 hisobida yakunlandi.
Hisobni 36-daqiqada maydon egalari himoyachisi Aleks Valle ochdi. 45-daqiqada Nikolas Pas ustunlikni oshirdi — 2:0. Bir daqiqadan so‘ng “Inter” hujumchisi Markus Tyram javob golini urdi.
Ikkinchi bo‘limda Tyram 49-daqiqada dublni rasmiylashtirib, hisobni tenglashtirdi. 58-daqiqada Denzel Dumfris mehmonlarni oldinga olib chiqdi, 72-daqiqada esa u yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi. Uchrashuv so‘nggi daqiqalarida, 89-daqiqada “Komo” yarim himoyachisi Lukas Da Kunya penalti aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, “Inter” 32 o‘yindan so‘ng 75 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Komo” esa 58 ochko bilan 5-o‘rinda joylashgan.
Italiya — A seriya, 32-tur
“Komo” — “Inter” 3:4
Gollar: Aleks Valle 36' (1:0), Nikolas Pas 45' (2:0), Markus Tyram 45+1' (2:1), 49' (2:2), Denzel Dumfris 58' (2:3), 72' (2:4), Lukas Da Kunya 89' (3:4, penalti)