A Seriya debyutanti Vardi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Фото: Getty Images
Hujumchi Jeymi Vardi o‘tgan mavsum oxirida "Lester" bilan shartnomasi tugaganidan beri klubsiz edi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, 38 yoshli futbolchi A Seriya ishtirokchisi “Kremoneze” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar kelishuv arafasida.
Ta’kidlanishicha, 38 yoshli hujumchi ham faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishga tayyor. Shartnomaning ayrim bandlari borasida muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vardi 2012 yildan 2025 yilgacha “Lester”dagi faoliyati davomida klub safida barcha musobaqalarda 500 ta o‘yinda 200 ta gol urgani va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgani bilan yodda qolgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist