locale OZ

A Seriya. «Atalanta» safarda «Kalyari»ga magʻlub boʻldi

Hozirda bergamoliklar turnir jadvalida yettinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. «Atalanta» safarda «Kalyari»ga magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan «Kalyari» va «Atalanta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Jamoalar Kalyaridagi «Unipol Domus» stadionida o‘zaro bahs olib borishdi. O‘yinni Xuan Luka Sakki bosh hakam sifatida boshqarib bordi. Unda mezbonlar 3:2 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvning debyutida, aniqrog‘i 1-daqiqadayoq hujumchi Pol Mendi «Kalyari»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 8-daqiqada Mendi dublni rasmiylashtirdi. 40-daqiqada «Atalanta» forvardi Janluka Skamakka oradagi farqni bittaga qisqartirdi. 45-daqiqaga kelib esa Skamakka o‘zining ikkinchi golini urib, muvozanatni tikladi.

48-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jennaro Borrelli yana «Kalyari»ni hisobda oldinga olib chiqdi va bu gol o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Kalyari» 36 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan. Jamoaning xavfli hududdan (tushib ketish zonasi) uzilishi 8 ochkoni tashkil etmoqda.

«Atalanta» esa 34 ta o‘yindan so‘ng 54 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Bergaliklar oltinchi o‘rindan 7 ochko ortda qolishayotgan bo‘lsa, sakkizinchi o‘rindagi jamoadan 6 ochko oldinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting