locale OZ

A Seriya. 24-turda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing

Hozirda «Inter» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
A Seriya. 24-turda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing
FOTO: Getty Images

Italiya chempionatining 24-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Dushanba, 9 fevral kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi bahslar bilan turning barcha natijalari ma’lum bo‘ldi.

Turning ochilish o‘yinida «Verona» va «Piza» jamoalari o‘zaro nursiz durang (0:0) qayd etishdi. Shanba kungi bahslarda «Napoli» safarda «Jenoa» ustidan qiyin g‘alabaga (3:2) erishgan bo‘lsa, «Fiorentina» va «Torino» o‘rtasidagi uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.

Yakshanba kuni «Inter» jamoasi turning eng yirik natijasini qayd etdi — milanliklar «Sassuolo» mehmoni bo‘lib, raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishdi. Turning markaziy o‘yini hisoblangan «Yuventus» va «Latsio» qarama-qarshiligi esa 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Shuningdek, ushbu kuni «Parma» safarda «Bolonya»ni (1:0), «Lechche» esa o‘z maydonida «Udineze»ni (2:1) mag‘lub etdi.

Turning so‘nggi kunida «Atalanta» o‘z uyida «Kremoneze»ni 2:1 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, «Roma» jamoasi «Kalyari» ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, «Milan» va «Komo» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 18 fevral sanasiga qoldirildi.

24-tur yakunlariga ko‘ra, «Inter» 58 ochko bilan Italiya chempionatida yakka peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onada 50 ochko bilan bitta zaxira o‘yiniga ega «Milan» bormoqda. Kuchli uchlikni esa 49 ochko jamg‘argan «Napoli» jamoasi yakunlab bergan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting