locale OZ

96 yoshli amerikalik muxlisaga Mbappening libosi sovg'a qilindi

AQShlik muxlisa Frantsiya terma jamoasi mashg'ulotlariga tashrif buyurdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
96 yoshli amerikalik muxlisaga Mbappening libosi sovg'a qilindi
ФОТО: Getty images

96 yoshli amerikalik muxlisa Shirli 2026 yilgi jahon chempionati vaqtida Frantsiya futbolchilari bilan uchrashib, ulardan esdalik sovg'alarini qabul qildi.

Shirli har tong Four Seasons Hotel Boston mehmonxonasi oldiga kelib, Didier Desham boshchiligidagi jamoaning mashg'ulotga yo'l olishini kuzatib turadi.

Uchrashuv davomida Kylian Mbappe unga o'z futbolkasini sovg'a qildi.

«Ular menga Kylian Mbappening futbolkasini sovg'a qilishdi. U agar jamoa g'olib chiqsa, uni albatta imzolab berishini aytdi. Shunda uning qiymati yanada oshadi, dedi.

Men bu jamoani juda yaxshi ko'raman! Katta rahmat! Butun qalbim bilan minnatdorchilik bildiraman. Bu ajoyib insonlar va ajoyib mamlakatdan kelgan bebaho sovg'a. Ular menga e'tibor qaratganidan o'zimni juda baxtiyor his qildim», — dedi Shirli.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting