944! Sanashda davom etamiz, Ronaldu to'xtamayapti
Portugaliyalik yulduz navbatdagi golini urish orqali 1000 talik marraga yana bir qadam yaqinlashdi.
Photo: gettyimages
Saudiya Arabistoni chempionatining 3-turidan o'rin olgan An Nasr hamda Ar Riyod jamoalari o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda.
Krishtiyanu Ronaldu gol urishda to'xtayotgani yo'q. 944! Sanashda davom etamiz. Portugaliyalik yulduz navbatdagi golini urish orqali 1000 talik marraga yana bir qadam yaqinlashdi.
Ayni daqiqalarda uchrashuvning 2-taymi davom etmoqda hamda mezbonlar yirik 3:0 hisobida oldinda borishmoqda. Feliks gol urdi hamda Ronalduga assist amalga oshirib berdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor