locale OZ

“8 soniya” qoidasi ilk bor sinovdan o'tkazildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“8 soniya” qoidasi ilk bor sinovdan o'tkazildi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
21.06.2025, Yak.
Fluminense
4
Ulsan HD FC
2

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining “F” guruhi 1-turidan o'rin olgan “Ulsan Xyunday” va “Mamelodi Sandaunz” (0:1) o'rtasidagi bahsda “8 soniya” qoidasi ilk bor foydalanildi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida “Mamelodi Sandaunz” darvozaboni Ronuen Uilyams to'pni qo'lida uzoq vaqt ushlab turgani uchun hakam burchak to'pi belgiladi. Bu epizod futbol tarixida ilk bor kuzatildi.

Eslatib o'tamiz, 2025-yilning mart oyi boshida Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) ilk marta ushbu vaziyatga to'xtalib, yangi qoida taklif qilgandi.

Unga ko'ra, agar darvozabon to'pni qo'lida 8 soniyadan ko'p ushlab tursa, raqib jamoa foydasiga burchak zarbasi beriladi. Sal kam 1 oyda kengash ushbu qoidani tasdiqladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting