locale OZ

7SABER brendi O‘zbekiston futzal federatsiyasi rasmiy hamkori

Avvalroq O'zbekiston futbol milliy jamoasi ham ushbu liboslardan foydalanishini e'lon qilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
7SABER brendi O‘zbekiston futzal federatsiyasi rasmiy hamkori
photo: O'FF

Joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi Bosh kotibi Inamjon Marupov va 7SABER brendi vakili Otabek Ashurov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot avvalida, so‘nggi yillarda mamlakatimizda futzal jadal sur’atlarda rivojlanayotgani, professional jamoalar o‘z tarkibiga yosh iqtidorlarni jalb etayotgani hamda mazkur yo‘nalish rivojiga xususiy sektor va milliy brendlarning qo‘shib kelayotgan hissasi tobora ortib borayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu jumladan, 7SABER brendi vakili ham futzal rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shish niyatini bildirib o‘tdi.

Muloqotning mantiqiy davomi sifatida, O‘zbekiston futzal federatsiyasi va 7SABER brendi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kelishuv doirasida 7SABER brendi futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga musobaqalarini tashkil etishda rasmiy homiylik qilish, 2026 yil 27 yanvar - 7 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatidan boshlab milliy hamda o‘smirlar futzal terma jamoalarini zamonaviy va yuqori sifatli sport ekipirovkasi bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting