locale OZ

7-yanvar kuni poytaxtimizda 7-tur uchrashuvlari start oladi

2026-yil hisobidagi dastlabki tur bo‘lgan ushbu bahslar 12-yanvarga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
7-yanvar kuni poytaxtimizda 7-tur uchrashuvlari start oladi
photo: UFF

Mamlakatimiz milliy chempionati — Oliy liganing 7-tur uchrashuvlari ertaga, 7-yanvar sanasidan poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida start oladi. 2026-yil hisobidagi dastlabki tur bo‘lgan ushbu bahslar 12-yanvarga qadar davom etadi.

7-tur doirasida muxlislarni bir qator markaziy va murosasiz uchrashuvlar kutib turibdi. Musobaqa jadvalining yuqori pog‘onalarida borayotgan jamoalar uchun ham, autsayderlar safidagi klublar uchun ham olti ochkolik ahamiyatga ega bo‘lgan bahslar katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. Bu esa sport majmuasiga tashrif buyuradigan muxlislarga yanada o‘zgacha shavq va hayajon ulashishi shubhasiz.

O‘FF hamda “Sport” ijodiy birlashmasi o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, 7-turning barcha uchrashuvlari “Futbol-TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Shuningdek, oynai jahon orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan muxlislarimiz O‘zbekiston futzal federatsiyasining rasmiy YouTube kanali orqali bahslarni jonli kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Istalgan vaqtda, istalgan manzilda mobil qurilmangiz orqali barcha uchrashuvlarni tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting